belgilangan talablarga javob beradigan ayrim turdagi mahsulotlar
uchun taqdim etilgan muvofiqlikni baholash shakli va sxemasini
tanlash;
o‘z mahsulotini sertifikatshatirmoqchi bo‘lgan buyurtmachi
ixtiyoriy ravishda akkreditatsiya sohasi mos keladigan
sertifikatlashtirish orgnanini tanlash;
O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga yoki boshqa vakolatli
tashkilotlarga, sertifikatlashtirish organlarining O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq noqonuniy xatti-harakatlari
ustidan shikoyat qilish;
mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha o‘zi tanlagan
sertifikatlashtirish organidan, mahsulotni sertifikatlashtirish
tartib-taomillari va xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlarning
tan narxi bilan ochiq tanishish
ARIZACHI MAJBURIYATLARI:
sertifikatlashtirish tartibi shartlariga rioya qilish va
sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqligini baholash uchun
zarur bo‘lgan tegishli maʼlumotlarni taqdim etish;
sertifikatlashtirish sxemalariga muvofiq, sertifikatlashtirishga
oid tegishli hujjatlarning nusxalarini taqdim etish;
normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik sertifikati bilan
tasdiqlangan mahsulotlarning ko‘rsatkichlarini
(xarakteristikalari) barqarorligini taʼminlash;
majburiy sertifkatlanish zarur bo‘lgan mahsulotlarni, muvofiqlik
sertifkatini olganidan so‘ng muomalaga chiqarish;
muvofiqlik belgilaridan foydalanishda va ommaviy axborot
vositalarida mahsulotni sertifikatlanganligiga havolalar qilishda
belgilangan talablarga rioya qilish;
muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasi to‘xtatilgan
yoki tugatilgan bo‘lsa, (muvofiqlik deklaratsiyasi yoki muvofiqlik
sertifikati amal qilish muddati davomida, O‘zbekiston Respublikasi
hududida muomalaga kiritilgan mahsulotlar bundan mustasno),
mahsulotni sotishni to‘xtatib turishni yoki tugatishni amaldagi
qonunchilikga muvofiq tashkil etish;
ishlab chiqarishni tekshirish yoki inspeksiya nazorati paytida
sertifikatlashtirish organi mutaxassislariga barcha sharoitlarni
yaratib berish (sertifikatlashtirish sxemalariga muvofiq);
mahsulotni sertifikatlash organini oldindan rejalashtirilgan
mahsulotni yangilash (o‘zgartirish), uning dizayni (tarkibi),
ishlab chiqarish texnologiyasi, sinov va nazorat qilish usullari,
qabul qilish qoidalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor
qilish;
muvofiqlikni baholash obyektlariga, shu jumladan belgilangan
sertifikatlashtirish sxemalariga qo‘yiladigan talablarning
bajarilishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar
to‘g‘risida sertifikatlashtirish organini xabardor qilish;
vakolatli davlat nazorati organlarining qarorlari
asosida muvofiqlikni baholashdan o‘tgan va normativ hujjatlar
talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni
to‘xtatib turish;
muvofiqlik sertifikatlari to‘xtatilgan yoki bekor qilingan
taqdirda, sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi har qanday maʼlumotni
o‘z ichiga olgan barcha reklama materiallaridan foydalanishni
darhol to‘xtatish va sertifikatlashtirish organining so‘roviga
binoan barcha hujjatlarni unga qaytarish;
sertifikatlangan mahsulotlardan foydalanishda yoki chalg‘ituvchi
deb hisoblash mumkin bo‘lgan biron bir bayonot berishda,
sertifikatlashtirish organining obro‘siga putur
yetkazmaslik;
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan barcha shikoyatlarni
(daʼvolarni) hisobga olish va ular to‘g‘risida darhol
sertifikatlash organini yozma ravishda xabardor qilish, xavfli
mahsulotlarni aniqlash va tegishli choralar ko‘rish.