Bizning xizmatlarimiz

Mahsulotlarni sertifikatlash va Sinovdan o'tkazish

Ma'lumot olish

Mahsulotlarni sinovdan o'tkazish

Sinash laboratoriyasi- sinashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki uning tarkibiy bo‘linmasi.

Mahsulotni sinash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

Sinash - agar bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki deklaratsiya qilishda qo‘llaniladigan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasida nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash doirasidagi tartib-taomildir. Sinash, agar bu texnik reglamentlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholashning mustaqil shaklidir.


Sinov ishlari akkreditlangan laboratoriyada amalga oshiriladi.


Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish chog‘ida mahsulotni sinash va o‘lchash akkreditatsiya qilingan sinash laboratoriyalari tomonidan o‘tkaziladi hamda ularning natijalari bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish

O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlash tartibi muvofiqlikni baholashning rasmiy shakli bo‘lib, muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasini berishni o‘z ichiga oladi. Baʼzi mahsulot turlari uchun xabarnoma berilishi mumkin.


Muvofiqlik sertifikati- muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatdir.


Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya- ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi muomalaga chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.


Muvofiqlikni deklaratsiyalash- mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy ravishda tasdiqlash shakli.


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar - texnik reglamentlar va standartlar.


Sertifikatlashtirish muvofiqlikni baholash organi tomonidan muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomilidir. Mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan sertifikatlashtirish sxemalari, arizachilarning doirasi tegishli texnik reglamentlarda belgilanadi. Muvofiqlik sertifikati, basharti tanlangan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasiga binoan barcha tartib-taomillarning bajarilishi ijobiy natijalar bergan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash organi tomonidan arizachiga beriladi. Muvofiqlikni tasdiqlash majburiy yoki ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin. Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: muvofiqlikni deklaratsiya qilish; majburiy sertifikatlashtirish. Muvofiqlikni ixtiyoriy ravishda tasdiqlash ixtiyoriy sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Respublikasida majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.


Muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yhati, Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 18 martda 1458-son bilan ro‘yxatga olingan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarining 12-bandida (Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda ) va 14-bandida (Ishlab-chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun) ko‘rsatib o‘tilgan.

Tuproq tahlili va agrokimyoviy passport

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni, “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʼjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2019 yil 14 martdagi PQ-4239-son qarori va “Qishloq xoʼjaligida tuproqning agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, ekin yerlarida tuproqning unumdorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 iyundagi 510-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida,Аgro kimyoviy pasport rasmiylashtirib beriladi.

Tadqiqotlarga asoslanib - sugʼoriladigan yer maydonlarida tuproq agrokimyoviy kartogrammalari ishlab chiqilib, tuproqning asosiy ozuqa-elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi hamda gumus miqdori, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy boʼyicha koʼrsatkichlarga ajratildi. Qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish bilan bogʼliq boʼlgan masalalarini toʼgʼri hal etish uchun tuproqning agrokimyoviy xossalarini oʼrganish zarur. Tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish va kartogrammalash ishlari avvalo, organik va mineral oʼgʼitlardan toʼgʼri foydalanish imkonini beradi.