International Expert Certification Group

Biz haqimizda

Ma'lumot olish

Biz haqimizda qisqacha

"International Expert Certification Group" ma'suliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasi 2020 yil 15 oktyabrda Qarshi shahri Davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim etilgan 903661 sonli guvohnomaga asosan, Turkiyaning "Atasay Uluslararasi Nakliyat Sanayi ve Ticaret anonim Sirketi" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Korxonaning asosiy faoliyati:

- Mahsulotlar va xizmatlar amaldagi umumiy (maxsus) texnik reglamentlar, standartlar shu jumladan xalqaro hamda xorijiy normativ hujjatlar talablari ostida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifatini baholash va tasdiqlash(sertifikatlashtirish) hamda tuproqni tahlillarini o'tkazadi.

- Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, xizmat ko'rsatuvchi idoralarda va tashkilotlarda xalqaro standartlar talablari asosida sifat tizimlarini ishlab chiqish va yo'nalish bo'yicha xorijiy mutaxassislarni jalb etish, o'quv kurslarini tashkil etish o'tkazish, respublika va xalqaro miqyosda seminarlar, konferensiyalar tashkillashtirrish konsultativ xizmatlar ko'rsatish...

Moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot

"International Expert Certification Group" ma'suliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasi o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida, mahsulotlarni sertifikatlashtirish yoki sinov o‘tkazishga talabgorlar bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. Muvofiqlikni baholash ishlarining narhnomasi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Quyidagi pullik xizmatlar jamiyatning daromad manbalari hisoblanadi:

arizani tahlil qilish;

namuna tanlash;

identifikatsiya qilish;

ishlab-chiqarish sharoitini tekshirish;

inspeksiya nazoratini o‘tkazish.

muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish;

sinov o‘tkazish va sinov bayonnomasini rasmiylashtirish;

jamiyatning faoliyatini moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar hisoblanadi.

Jamiyat olingan mablag‘lardan quyidagi asosiy xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha foydalanadi:

xodimlarning ish haqi;

jalb qilinadigan malakali xodimlar, shu jumladan xorijiy trenerlar hamda ekspertlar xizmatlari uchun haq to‘lash;

jamiyat xodimlarini tashqi treninglar, konferensiyalar va o‘quv seminarlarida o‘qitish xarajatlari;

halqaro talablarga muvofiq bo‘lgan o‘lchash va sinash vositalarini hamda reaktivlarni harid qilish;

meyoriy hujjatlar va sinov metodlarini harid qilish hamda tegishli hujjatlarni uchun to‘lovlar;

“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUKga akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar tushumdan 5 foiz miqdorida ajratma toʻlash;

jamiyat tomonidan seminarlar va konferensiyalar tashkil etish xarajatlari va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa harajatlar.

Kalkulatsiya

Sertifikatlashtirish